Derian Hatcher
Derian Hatcher | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
4-iyun 1972-yil Sterling Heights, Michigan, AQSH | ||
Boʻyi | 6 ft 5 in (196 cm) | ||
Ogʻirligi | 245 lb (111 kg; 17 st 7 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Minnesota North Stars Dallas Stars Detroit Red Wings Philadelphia Flyers | ||
Milliy jamoa | AQSh | ||
NHLga kirish drafti |
8-oʻrindagi tanlov, 1990 Minnesota North Stars | ||
Jamoalardagi faoliyat | 1991—2008 |
Derian John Hatcher (talaffuzi: Derian Jon Xetcher) (1972-yil 4-iyunda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional xokkeychi. Derian Hatcher Milliy xokkey ligasida (NHL) „Minnesota North Stars“, „Dallas Stars“, „Detroit Red Wings“ va „Philadelphia Flyers“ xokkey jamoalarida 16 mavsum oʻynagan. Hozirda Derian Hatcher Ontario Xokkey Ligasining (OHL) „Sarnia Sting“ xokkey jamoasi egasi hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligida Derian Hatcher 1985—1986-yillarda Quebec xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Detroit Compuware“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].
Derian Hatcher 1990-yilgi NHLga kirish loyihasida „Minnesota North Stars“ xokkey klubi safiga sakkizinchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan. Derian Hatcher 1991-yil 12-oktyabrda NHLdagi debyut oʻyinida gol urgan. Derian Hatcher „Norths Stars“ xokkey jamoasi safida bir nechta mavsumni oʻtkazgan.
Shundan keyin, Derian Hatcher „Dallas Stars“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. „Dallas Stars“ xokkey klubi safida Derian Hatcher oʻn yil oʻynadi. Bu vaqt oraligʻida Derian Hatcher 71 gol, 223 golli uzatma, 1380 penalti koʻrsatkichlarini oʻz hisobiga qayd etib qoʻydi. Derian Hatcher 1999-yilda klub safida Stanley kubogini qoʻlga kiritdi. Derian Hatcher kubokkacha jamoa sardori vazifasini bajardi. Bu bilan Derian Hatcher Stanley kubogini qoʻlga kiritgan birinchi amerikalik sardor boʻldi[2]. 2003-yil iyul oyida Derian Hatcher „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan besh yillik 30 million dollarlik shartnoma tuzdi.
2004-yilda NHL mavsumi bekor qilinganligi sababli Derian Hatcher „Detroit Red Wings“ xokkey klubidagi hamkasblari Chris Chelios va Kris Draper bilan Michigan shtatining Fraser shahrida joylashgan „Motor City Mechanics“ xokkey jamoasida kichik xokkey oʻynashga qaror qildi.
2005-yil 2-avgustda Derian Hatcher „Philadelphia Flyers“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
2006-yil 29-yanvarda Derian Hatcher „Flyers“ xokkey jamoasining vaqtinchalik sardori etib tayinlandi. Derian Hatcher jarohat olgan kapitan Keith Primeau yoʻqligi sababli 2005—2006-yilgi mavsumining qolgan qismida kapitan boʻlib faoliyatini davom ettirdi.
Keyinchalik, Derian Hatcher oʻng tizzasidan jarohat olib, 2008—2009-yilgi NHL mavsumini oʻtkazib yubordi. 2009-yil 1-iyunda Derian Hatcher tizzasdagi jarohatni davolash operatsiyasidan soʻng, xokkey oʻynashga qaytmasligini eʼlon qildi. 2009-yil 15-iyun kuni Derian Hatcher NHLdagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qildi. Shundan soʻng, Derian Hatcher „Dallas Stars“ xokkey klubi safiga oʻyinchini rivojlantirish boʻyicha murabbiy sifatida qoʻshildi[3]. Derian Hatcher „Dallas Stars“ xokkey klubi va uning salafi „Minnesota North Stars“ xokkey klubi tarixidagi eng uzoq vaqt xizmat qilgan klub sardori boʻlib qolmoqda.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
1987—1988 | Detroit G. P. D. Midgets | MNHL | 25 | 5 | 13 | 18 | 52 | — | — | — | — | — | ||
1988—1989 | Detroit G. P. D. Midgets | MNHL | 51 | 19 | 35 | 54 | 100 | — | — | — | — | — | ||
1989—1990 | North Bay Centennials | OHL | 64 | 14 | 38 | 52 | 45 | 5 | 2 | 3 | 5 | 8 | ||
1990—1991 | North Bay Centennials | OHL | 64 | 13 | 50 | 63 | 163 | 10 | 2 | 10 | 12 | 28 | ||
1991—1992 | Minnesota North Stars | NHL | 43 | 7 | 5 | 12 | 88 | 5 | 0 | 2 | 2 | 8 | ||
1991—1992 | Kalamazoo Wings | IHL | 2 | 1 | 2 | 3 | 21 | — | — | — | — | — | ||
1992—1993 | Minnesota North Stars | NHL | 67 | 4 | 15 | 19 | 178 | — | — | — | — | — | ||
1993—1994 | Dallas Stars | NHL | 83 | 12 | 19 | 31 | 211 | 9 | 0 | 2 | 2 | 14 | ||
1994—1995 | Dallas Stars | NHL | 43 | 5 | 11 | 16 | 105 | — | — | — | — | — | ||
1995—1996 | Dallas Stars | NHL | 79 | 8 | 23 | 31 | 129 | — | — | — | — | — | ||
1996—1997 | Dallas Stars | NHL | 63 | 3 | 19 | 22 | 97 | 7 | 0 | 2 | 2 | 20 | ||
1997—1998 | Dallas Stars | NHL | 70 | 6 | 25 | 31 | 132 | 17 | 3 | 3 | 6 | 39 | ||
1998—1999 | Dallas Stars | NHL | 80 | 9 | 21 | 30 | 102 | 18 | 1 | 6 | 7 | 24 | ||
1999—2000 | Dallas Stars | NHL | 57 | 2 | 22 | 24 | 68 | 23 | 1 | 3 | 4 | 29 | ||
2000—2001 | Dallas Stars | NHL | 80 | 2 | 21 | 23 | 77 | 10 | 0 | 1 | 1 | 16 | ||
2001—2002 | Dallas Stars | NHL | 80 | 4 | 21 | 25 | 87 | — | — | — | — | — | ||
2002—2003 | Dallas Stars | NHL | 82 | 8 | 22 | 30 | 106 | 11 | 1 | 2 | 3 | 33 | ||
2003—2004 | Detroit Red Wings | NHL | 15 | 0 | 4 | 4 | 8 | 12 | 0 | 1 | 1 | 15 | ||
2004—2005 | Motor City Mechanics | UHL | 24 | 5 | 12 | 17 | 27 | — | — | — | — | — | ||
2005—2006 | Philadelphia Flyers | NHL | 77 | 4 | 13 | 17 | 93 | 6 | 0 | 2 | 2 | 10 | ||
2006—2007 | Philadelphia Flyers | NHL | 82 | 3 | 6 | 9 | 67 | — | — | — | — | — | ||
2007—2008 | Philadelphia Flyers | NHL | 44 | 2 | 5 | 7 | 33 | 15 | 1 | 2 | 3 | 40 | ||
NHL jami | 1,045 | 80 | 251 | 331 | 1,581 | 133 | 7 | 26 | 33 | 248 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | Tadbir | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1993-yil | Qoʻshma Shtatlar | WC | 6 | 1 | 2 | 3 | 8 | |
1996-yil | Qoʻshma Shtatlar | WCH | 6 | 3 | 2 | 5 | 10 | |
1998-yil | Qoʻshma Shtatlar | OG | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
2002-yil | Qoʻshma Shtatlar | WC | 7 | 0 | 1 | 1 | 0 | |
2006-yil | Qoʻshma Shtatlar | OG | 6 | 0 | 0 | 0 | 12 | |
Jami | 29 | 4 | 5 | 9 | 30 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
- ↑ „Flyers' Hatcher retires, joins coaching staff“. Yahoo! Sports (2009-yil 15-iyun). — „He won a Stanley Cup with Dallas in 1999 and is the only American-born player to captain a team to a championship.“. Qaraldi: 2009-yil 17-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „National Post“.[sayt ishlamaydi]